A’zam Abdullayev “O‘zkomnazorat” boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Jamiyat 3879
image

Bugun, 27 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining boshlig‘i boshlig‘i vazifasini bajaruvchi tayinlandi. 

Unga ko‘ra, A’zam Abdushukurovich Abdullayev inspeksiyaga vaqtincha rahbar bo‘ldi. 

Ma’lumot uchun, “O‘zkomnazorat”ning sobiq rahbari G‘olibsher Meliboyevich  Ziyayev 2021 yilning noyabr oyida “Moy Mir”, “Odnoklassniki”, “Youtube”, “Facebook”, “Telegram”, “Instagram” va “Linkedn” kabi messenjer va ijtimoiy tarmoqlarning bloklanishi ortidan ishdan olingandi. 

Eslatib o‘tamiz, Internet-platformalar faoliyatini cheklash bilan bog‘liq voqea ortidan bosh vazir maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i Olimjon Umarov hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov egallab turgan lavozimlaridan ozod etilgan edi.

Yulduz Abdurashidova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 55
Reyting: 3.2
t
×