Aholisini emlash bo‘yicha qaysi davlat yetakchiligi ma’lum bo‘ldi 

Olam

image
Dunyodagi eng yaxshi ko‘rsatkich: Bayden AQSH pandemiyadan so‘ng tiklanayotganini ma’lum qildi  north_east

Dunyodagi eng yaxshi ko‘rsatkich: Bayden AQSH pandemiyadan so‘ng tiklanayotganini ma’lum qildi 

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) koronavirusga qarshi emlangan fuqarolarining foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi. Bu haqda “Bloomberg” xabar bergan.  

Agentlikning ma’lumotlariga ko‘ra, BAA hukumati mamlakat aholisining 72,1 foizini, ya’ni qariyb 10 million kishini koronavirusga qarshi emlagan. Bu dunyodagi barcha boshqa davlatlarga qaraganda aholini emlashning yuqori darajasi demakdir. Ta’kidlanishicha, Birlashgan Arab Amirliklari ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Seyshel orollarini ortda qoldirgan, u yerda aholining 71,7 foizi (100 mingga yaqin kishi) emlangan. 

Ma’lum bo‘lishicha, AQSH o‘z fuqarolarini mamlakatda virus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat tufayli BAAga bormaslikka chaqirgan. Shu bilan birga, Saudiya Arabistoni ham fuqarolariga AQSHga sayohat qilishni taqiqlagan. 

Ma’lumot o‘rnida, Birlashgan Arab Amirliklarida vaksinatsiya Xitoyning Sinopharm preparati yordamida amalga oshirilmoqda. Shuningdek, BAAda Moderna, Pfizer va AstraZeneca vaksinalari tasdiqlangan. 

BAAda shu kungacha 639 mingdan ko‘p kishida koronavirus aniqlangan. 1834 nafar bemor kasallikdan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

BAA vaktsina

Baholaganlar

194

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing