Dunyodagi eng yaxshi ko‘rsatkich: Bayden AQSH pandemiyadan so‘ng tiklanayotganini ma’lum qildi 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH koronavirus ustidan hali ham g‘alaba qozonmagan, ammo mamlakat pandemiyadan so‘ng faol tiklanishni boshlagan. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’lum qilgan.  

Amerika rahbarining so‘zlariga ko‘ra, virus endi mamlakatni “falaj” qilmayapti va rasmiylarning AQSH COVID-19 dan ozod bo‘lganini e’lon qilishi “har qachongidan ham yaqinroq”. 

“Korxonalar ochilmoqda va yana ishchilarni yollamoqda. Biz yangi ish joylari va iqtisodiy o‘sishning rekord darajada o‘sishini kuzatyapmiz, bu so‘nggi o‘n to‘rt yil ichida eng yaxshisi va men qo‘shimcha qilamanki, dunyodagi eng yaxshi ko‘rsatkich ham”, degan Bayden. 

Bundan tashqari, Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti koronavirusni tezroq yengish uchun mamlakat fuqarolarini faolroq emlanishga chaqirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ular qila oladigan “eng vatanparvar qadam”. 

“Shuning uchun, iltimos, agar siz hali ham emlanmagan bo‘lsangiz, buni bajaring, hoziroq bajaring”, degan Bayden.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirusga chalinganlar soni 33,7 mlnga yetgan. 605 mingdan ko‘p kishi vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh koronavirus

Baholaganlar

54

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing