Aholi orasida maxsus jismoniy sinov o‘tkaziladi. G‘oliblarga imtiyozlar beriladi

Jamiyat 2390
image

2021 yildan aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sinovlari joriy etiladi. Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov taqdim etgan jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid 2021 yilgi rejalarda shu haqda ma’lum qilingan.

Mazkur sinovlarning maxsus talablarini bajargan va g‘olib bo‘lganlarni taqdirlash bo‘yicha ularga yosh toifasiga qarab quyidagi imtiyozlar beriladi:

•    tegishli sport razryadlari va unvonlari;
•    safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat uchun to‘lovlarga 50 foiz chegirma;
•    muddatli harbiy xizmatga yuborilishida yuqori ustunlikka ega bo‘lish;
•    “Temurbeklar maktabi”ga imtiyozli kirish;
•    oliy ta’lim muassasalari talabalarini amaldagi stipendiya miqdorida bir marta rag‘batlantirish;
•    respublika miqyosida ishga yoki o‘qishga qabul qilinishida jismoniy tayyorgarlik talab etiladigan barcha ijodiy imtihonlardan ozod bo‘lish.

Avvalroq, hududlar bo‘ylab 6 ta sport turi bo‘yicha yil davomida musobaqalar o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 82
Reyting: 2.9
Teglar
t
×