Ahmet Demir “Chorsu” mehmonxonasini qo‘ldan boy berdi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, 2018 yil 9 martdagi shartnomaga ko‘ra, sobiq “Chorsu” mehmonxona majmuasi turkiyalik tadbirkor Ahmet Demirga qator shartlar bilan berilgandi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lum qilishicha, xorijiy korxona tomonidan oldi-sotdi shartnomasida belgilangan majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilmagani sababli, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining joriy yilning 2 iyuldagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi shartnoma bekor qilingan.

Hukumatning tegishli topshirig‘iga ko‘ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi sobiq “Chorsu” mehmonxona majmuasidan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida, mazkur ob’ektni investitsiya majburiyatlarini bajarish sharti bilan takroran ommaviy savdolarga chiqarishni ko‘zda tutgan.

Ayni damda Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasi tayyorlanib, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilmoqda.

Ma’lumot uchun, sobiq “Chorsu” mehmonxona majmuasi “Inter Tourism” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonaga 2017 – 2019 yillar mobaynida hukumat kafolatisiz 33,0 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish orqali 270 o‘ringa mo‘ljallangan 4 yulduzli mehmonxona majmuasini qurish va 350 ta yangi ish o‘rinini yaratish sharti bilan sotilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ahmet Demir Chorsu mehmonxonasi

Baholaganlar

214

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing