“Chorsu” sotuvga qo‘yildi
Jamiyat
−
21 Sentabr 2019
9325O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 16 sentyabrdagi 774-sonli qaroriga muvofiq sobiq “Chorsu” mehmonxona kompleksi sotish belgilangan.
Qaror bilan sobiq “Chorsu” mehmonxona kompleksini sotish shartlari ham belgilangan. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Majmua quyidagi shartlar asosida sotiladi:
- “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasi orqali 1 so‘mga teng qiymatdagi boshlang‘ich narxda;
- auksion bosqichi 100,0 mln.;
- auksion savdolarida qatnashish uchun talabgor shaxsiy kabinetini va shaxsiy hisob raqamini ochishi uchun
www.e-auksion.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tishi;
- auksion savdolarda qatnashish uchun talabgor belgilangan investitsiya summasining 5 foizidan kam bo‘lmagan miqdorida shaxsiy kabinetdagi hisob raqamini to‘ldirishi va ob’ekt uchun belgilangan lot raqamiga ariza berishi (bunda, savdo g‘olibi tomonidan shartnoma tuzilishi rad etilgan taqdirda zakalat summasi qaytarilmaydi);
- ob’ektni sotib olish bo‘yicha g‘olib bo‘lgan investor oldi-sotdi shartnomasi tuzilgunga qadar belgilangan tartibda investitsiya miqdorining kamida 10 foizi (2,5 mln. AQSH dollariga teng) miqdoridagi mablag‘ni o‘zining xizmat ko‘rsatuvchi bankida alohida hisob raqami ochgan holda joylashtirganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (tegishli tijorat bankdan ma’lumotnoma) hamda ushbu mablag‘larni investitsiya kiritish uchun foydalanish bo‘yicha kafolat xatini taqdim etishi lozim.
Elektron onlayn auksion savdolari joriy yilning 21 oktyabr kuni soat 09:00 da boshlanadi.
Elektron onlayn auksion savdolarga arizalarni qabul qilish auksion o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnoma e’lon qilingan kundan boshlanadi va savdo kunidan 1,5 kun oldin 13:00 da tugaydi. Agar auksion savdolari bo‘lib o‘tmagan deb topilsa, takroriy tanlov savdolari har 15 ish kunida bir marta o‘tkaziladi.
Elatib o‘tamiz, 2018 yil 9 martdagi shartnomaga ko‘ra, sobiq “Chorsu” mehmonxona majmuasi turkiyalik tadbirkor Ahmet Demirga qator shartlar bilan berilgandi. Biroq investitsiya shartlarining bajarilmagani sababli kompleks qaytarib olindi.
LiveBarchasi