“Ahmadboy ishi” bo‘yicha hukm o‘qigan sudya koronavirusdan vafot etdi
Jamiyat
−
01 avgust 2020
15193Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi Xayriddin Shermuhamedov koronavirusdan vafot etdi. Bu xabarni QALAMPIR.UZ manbasi tasdiqladi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyat sudi sudyasi 31 iyul kuni vafot etgan. U koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan va kasalxonada davolanayotgan bo‘lgan.
Xayriddin Shermuhamedov odamlarga juda yaxshi tanish bo‘lgan Ahmadjon Tursunov ("Ahmadboy") ga nisbatan ochilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqqan. Sudya 2020 yilning fevralida unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a, v” bandlari (eski tahrirdagi) bilan 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangani haqida hukmni e’lon qilgandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi sudya koronavirusdan vafot etgani haqida hozirgacha ma’lumot bermagan.
LiveBarchasi