Ahmadaliyev va Isroil Madrimov ertangi jang uchun kerakli vaznni qayd etdi (video)

Sport

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 9 aprel tongida o‘zbekistonlik professional bokschilar Murodjon Ahmadaliyev va Isroil Madrimov faoliyatidagi navbatdagi jangini o‘tkazadi. 8 aprel oqshomida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi. 

Ikkinchi eng yengil vaznda WBA va IBF kamarlari sohibi  Murodjon Ahmadaliyev vazn o‘lchash marosimida 55,1 kg, uning raqibi filippinlik Marlon Tapales esa 55,2 kg tosh bosdi. Ikkala jangchi ham belgilangan me’yorni qayd etdi.

Isroil Madrimov esa o‘zi uchun yangi vaznda ringga ko‘tariladi. Unga amerikalik Rafael Igbokve raqiblik qiladi. Vazn o‘lchash marosimida Madrimov 72 kg, Igbokve esa 72,5 kg vazn ko‘rsatdi. 

Ma’lumot uchun, Murodjon Ahmadaliyev profboksda umumiy 11 ta jang o‘tkazib, barcha bahslarda g‘alaba qozongan. Madrimov esa 7 ta bahsda ringga ko‘tarilib, barcha jangda raqiblaridan ustun kelgan. 

Qayd etish joiz, Amerika Qo‘shma Shtatlarining San-Antonio shahrida o‘tkaziladigan boks oqshomi “Matchroom Boxing” promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilmoqda. Janglar Toshkent vaqti bilan 9 aprel kuni 05:00 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Madrimov Murodjon Ahmadaliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing