Ahmadaliyev mutlaq Jahon chempionligi yo‘lida kim bilan jang qilishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 28 noyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida professional boksning super yengil vazn toifasida WBO yo‘nalishi chempioni amerikalik Stiven Fulton (20-0-0) WBC chempionlik kamari sohibi Brendon Figeroani (22-1-1) mag‘lub etib, ikki yo‘nalish bo‘yicha Jahon chempioniga aylandi.

O‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyevga raqibi aniqlangan jang to‘liq 12 raund davom etdi va yakunda Fulton ochkolar evaziga (116-112, 116-112, 114-114) g‘alaba qozondi. Ushbu jangdagi mag‘lubiyat Figeroa uchun faoliyatidagi birinchisi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Ahmadaliyev Stiven Fulton (WBO) va Brendon Figeroa (WBC) bellashuvi g‘olibiga qarshi mutlaq chempionlik jangida ishtirok etishini ma’lum qilgan edi.

Ma’lumot uchun, ushbu vazn toifasidagi WVA va IBF kamarlari o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyevga tegishli. Namanganlik bokschi so‘nggi jangini joriy yilning chililik Xose Velaskesga (29-6-2) qarshi ringga ko‘tarilib, g‘alabaga erishgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Murodjon Ahmadaliev WBA WBC IBF WBO Stiven Fulton Brendon Figeroa

Baholaganlar

72

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing