Ahmadaliyev majburiy da’vogarga qarshi ringga ko‘tariladi
Sport
−
11 yanvar 2022
11541Professional boksning super yengil vazn toifasida IBF va WBA yo‘nalishi chempioni Murodjon Axmadaliyev va majburiy da’vogar Marlon Tapales o‘rtasidagi jangni tashkil etish uchun auksion e’lon qildi. Auksion joriy yilning 18 yanvar kuni IBF’ning Nyu-Jersi shtati Springfild shahrida joylashgan shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tadi.
Tashkilot tomonlarga kelishuvga erishish uchun 2 fevralga qadar muhlat bergandi. Biroq, Tapalesning jamoasi ushbu jarayonni muddatidan avval o‘tkazish taklifi bilan chiqdi. O‘z navbatida IBF buni ma’qulladi.
IBF qoidalariga ko‘ra, minimal garov 25 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Taklifni qabul qilish uchun 5000 AQSH dollari miqdoridagi qaytarilmaydigan depozit qo‘shilishi kerak. Mukofot jamg‘armasining 65 foizi Ahmadaliyev, qolgan qismi esa Tapales jamoasiga nasib qiladi.
Axmadaliyev (10-0, 7 KO) deyarli ikki yil avval amerikalik Deniel Romanni taxtdan ag‘darib tashlaganidan so‘ng, ikki marta o‘z kamarlarini muvaffaqqiyatli himoya qildi. Hozirda Kaliforniya shtatining Indio shahrida Joel Diaz murabbiyligi ostida mashg‘ulot o‘tkazayotgan o‘zbekistonlik bokschi joriy yilning 20 noyabr kuni Nyu-Xempshir shtatining Manchester shahrida Xose Velaskes ustidan g‘alaba qozongandi. Velaskes WVA kamari uchun majburiy da’vogar Ronni Riosning o‘rnini egalladi, Chunki Rios jangdan bir hafta avval koronavirusga chalingani ma’lum bo‘lgan.
Joriy yilning 3 aprel kuni esa Toshkentda o‘tgan boks kechasida IBF yo‘nalishi bo‘yicha majburiy raqibi Ryosuke Ivasani beshinchi raundda nokautga uchratgan edi.
Qoida bo‘yicha bir jangchi chempionlik uchun belgilangan muddat ichida boshqa jang o‘tkazish uchun shartnoma tuzishi mumkin emas. Bu Ahmadaliyevga WVC va WVO yo‘nalishlari bo‘yicha super yengil vazn toifasi chempioni Stiven Fulton (20-0, 8 KO) bilan mutlaq Jahon chempionligi uchun o‘tishi kerak bo‘lgan jangni o‘tkazishga to‘sqinlik qilishi mumkin. Bunday jang hech qachon ikki tomon tomonidan rasman muhokama qilinmagan, chunki har ikkala chempion ham 2022 yilda titulni majburiy himoya qilishga majbur.
Ma’lumot uchun, “Matchroom Boxing” kompaniyasi Ahmadaliyevning avvalgi jangini 525 000 AQSH dollari evaziga xarid qilgan edi.
LiveBarchasi