Ertaga Ahmadaliyev bir yo‘la ikkita chempionlik kamarini himoya qiladi

Sport

image

Ertaga, 20 noyabr kuni AQSHning Nyu Gempshir shtati Manchester shahrida joylashgan SNHU arenasida professional boks kechasi tashkil etiladi.

Unda super yengil vazn toifasida IBF va WBA  yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempioni hisoblangan Murodjon Ahmadaliyev (9-0) chililik Xose Velaskesga (29-6-2) qarshi ringga ko‘tariladi. 

Velaskes prof boksdagi faoliyati davomida 37 ta jang o‘tkazib, ularning 29 tasida g‘alaba qozongan. Shuningdek, 6 ta jangda mag‘lub bo‘lgan va 2 ta bahsda durangga imzo chekkan.

Kechaning markaziy jangi o‘rta vazn toifasida WBO chempionlik kamari sohibi Demetrius Andrade (30-0) va Jeyson Kuigli (19-1) o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Bundan tashqari, eng yengil vazn toifasida WBC yo‘nalishi chempioni Xulio Martines (16-1) va Makuilyams Arroyo (20-4) va ayollar o‘rtasida super yengil vazn toifasining WBA, WBO, IBO chempionlik kamarlari uchun Kali Reis hamda Jessika Kamara o‘rtasidagi janglar ham o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli Ahmadaliyev joriy yilning aprel oyida IBF chempionlik unvonini majburiy ravishda himoya qilib, sobiq Jahon chempioni Ryosuke Ivasani beshinchi raundda texnik nokautga uchratgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Murodjon Ahmadaliev WBA IBF Prof boks Xose Velaskes

Baholaganlar

45

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing