Ahmad Mas’ud boshchiligidagi front AQSHda o‘z vakolatxonasini ochdi
Olam
−
29 Oktabr 2021
8341Ahmad Mas’ud boshchiligidagi “Tolibon”ga qarshi Afg‘oniston milliy qarshilik fronti o‘zining AQSHdagi vakolatxonasini xorijiy agent sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda “Axios” axborot portaliga tayanib xabar berilgan.
Ta’kidlanishicha, vakolatxona ochilishidan maqsad amerikalik siyosatchilarni afg‘on muxolifatini qo‘llab-quvvatlashga ishontirishdir.
Qayd etilishicha, vakolatxona “Kongress, ma’muriyat va Amerika xalqi bilan faol aloqalar o‘rnatish orqali Afg‘onistonda erkinlik va demokratiyani qo‘llab-quvvatlash tarafdori bo‘ladi”.
Shuningdek, Afg‘onistondagi qarshilik harakati “so‘nggi 20 yil ichidagi Afg‘onistondagi Amerika sarmoyalarining himoyachisi hamda mamlakatni murosasizlik va terrorizmdan xalos qiladigan kuch” bo‘lishga intilayotgani aytilgan.
Ma’lumot o‘rnida, respublikachi senator Lindsi Grem va shu partiyadan AQSH Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Mayk Uolts AQSH Prezidenti Jo Baydenni Ahmad Mas’ud va sobiq vitse-prezident Amrulla Solihni Afg‘onistonning qonuniy hukumati vakillari sifatida tan olishga chaqirgan. Bayden ma’muriyati esa buni amalga oshirish uchun hech qanday dalil ko‘rsatmagan.
Ta’kidlanishicha, frontning Qo‘shma Shtatlardagi vakolatxonasini ro‘yxatdan o‘tkazish afg‘on muxolifati Vashingtondagi asosiy rasmiylardan yordam olishga intilayotganidan dalolat beradi.
LiveBarchasi