Kurs UZS

USD

12 970.19

-11.06

EUR

13 572.01

-25.85

RUB

142.20

0.03

Ahmad ash-Shara Suriyaning yangi prezidenti deb e’lon qilindi

Olam

image

Kecha, 29 yanvar kuni Suriya ma’muriyati rahbari Ahmad ash-Shara (Abu Muhammad al-Jo‘loniy) mamlakatning o‘tish davridagi prezidenti deb e’lon qilindi. Bu haqda SANA xabar berdi.  

Mamlakatning yangi hukumati avvalgi konstitutsiya amal qilishini to‘xtatganini va parlamentni tarqatib yuborganini e’lon qildi. Shuningdek, barcha xavfsizlik xizmatlari va qurolli tuzilmalar tarqatildi.

“Hozirgi paytda Suriya uchun ustuvor vazifalar hokimiyatdagi bo‘shliqni to‘ldirish, fuqarolar tinchligini saqlash, davlat institutlarini qurish, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi uchun asos yaratish hamda Suriyaning xalqaro va mintaqaviy maydondagi mavqeini tiklashdan iboratdir”, dedi Ahmad ash-Shara.

Tayinlangan prezidentning vakolatlari Suriyada yangi konstitutsiya qabul qilingunga qadar amal qiladi. 2012 yilgi konstitutsiya bekor qilindi. Shuningdek, mamlakat hukumati sobiq prezident Bashar Asad davrida qabul qilingan ayrim qonunlarni bekor qildi. 8 dekabr Suriya tarixida “Buyuk Suriya inqilobi” g‘alabasi kuni deb e’lon qilindi.

Shuningdek, Suriyaning Ba’as partiyasi tarqatib yuborildi. U mamlakatda 1963 yildan 2024 yilgacha hukmron partiya bo‘lib kelgan. Ushbu partiyani boshqa nom ostida qayta tashkil etish taqiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, Suriyada hokimiyat almashinuvi 2024 yil 8 dekabrda sodir bo‘ldi. Sobiq prezident Bashar Asad mamlakatni tark etib, Rossiyaga qochib ketdi va u yerda siyosiy boshpana oldi. Mamlakatning yangi hukumati 29 yanvar kuni BMT bilan turli gumanitar masalalar bo‘yicha hamkorlikka tayyorligini bildirgan hamda Damashqqa nisbatan sanksiyalarni bekor qilishni so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya prezident Ahmad ash-Sharo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing