Ahamiyatsiz o‘yinda “Lokomotiv”dan irodali g‘alaba

Sport

image

Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichi so‘nggi tur o‘yinlari davom ettirilmoqda.

Muddatidan oldin keyingi bosqich umididan mahrum bo‘lgan Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi o‘z maydonida Qatarning “Al Rayyan” klubini qabul qildi.

Ikki jamoa uchun ham birdek ahamiyatsiz bo‘lgan bu bahs muxlislarning e’tiborini torta oldi. Avvaliga ikki gol kiritib oldinga chiqib olgan mehmonlar keyinchalik qatorasiga uchta to‘p o‘tkazib yubordi.

“Lokomotiv” 3:2 hisobidagi irodali g‘alabadan so‘ng guruhda uchinichi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

“Lokomotiv” – “Ar Rayyan” 3:2 (1:2, 2:0).
Toshkent shahri, "Lokomotiv" stadioni, 2540 tomoshabin. 

Hakamlar: Ma Ning, Sao Yi, Shi Siang, Zang Lei (barchasi Xitoy).
Komissar: Talal Al Svaylimin (Iordaniya)
Nazoratchi: Saad Al Fadli (Kuvayt)

Gollar: Rodrigo Tabata 2, - 0:1. Gonsalo Viyera 22, - 0:2. Sardor Mirzayev 35, - 1:2. Temurxo‘ja Abduxoliqov 47, - 2:2. Temurxo‘ja Abduxoliqov 61, - 3:2.

“Lokomotiv”: 12.Ma’mur Ikromov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Azizbek Haydarov (23.Yovan Jokich, 90+3), 10.Sardor Mirzayev, 11.Temurxo‘ja Abduholiqov, 17.Husniddin G‘ofurov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 28.Shuhrat Muhammadiyev, 33.Oleg Zoteyev, 71.Arslanmirat Amanov, 77.Diyorjon Turopov (8.Jamshid Iskanderov, 75).

“Ar Rayyan”: 1.Fahad Yunus, 2.Muhammad Olovuddin, 3.Gemin Rivas, 9.Lukka, 10.Rodrigo Tabata, 12.Muhammad Sayyar, 13.Gonsalo Viyera (36.Yusuf Umar, 46), 21.Muhammad Juma, 23.Sebastyan Soriya Kuintana, 31.Daniel Gumu (18.Ahmad Al Saadi, 46), 32.Ahmad Masud.

Ogohlantirishlar: Rodrigo Tabata 16, Sebastyan Soriya 39, Lukka 45+3, Muhammad Olovuddin 69.
 


Maqola muallifi

Teglar

OChL Lokomotiv

Baholaganlar

9

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing