97 kishi koronavirusdan sog‘aydi
Jamiyat
−
29 iyun 2020
5415O‘zbekistonda koronavirusga chalingan 8031 kishidan 97 nafari sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Shu soatlarda poytaxt Toshkentdagi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 41 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 34 nafar, Surxondaryo viloyatida 22 nafar, jami 97 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi.
Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida COVID-19 dan tuzalganlar soni 3194 nafarni tashkil qilmoqda.
Surxondaryo viloyatida esa karonavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lganlar soni 65 nafarga yetdi.
Hozirda mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 5426 nafarni tashkil etmoqda.
LiveBarchasi