90 yoshli bodibilder faoliyatidagi 19-sovrinni qo‘lga kiritdi

Sport

image

Yaponiyalik 90 yoshli bodibilder Toshisuke Kanazava Xirosima shahrida bo‘lib o‘tgan Yaponiya Masters chempionatida g‘olib chiqdi. Bu haqda FNN nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, turnirda 41 yoshdan 90 yoshgacha bo‘lgan 200 ga yaqin sportchi 13 ta toifada bahs olib borgan. Toshisuke Kanazava 90 yoshga to‘lganidan bir kun o‘tib sahnaga chiqqan va “85 yosh va undan katta” toifasida birinchi o‘rinni egallagan. Ushbu oltin medal Kanazavaning Yaponiya Masters musobaqasidagi 17-g‘alabasi bo‘lgan. Yoshligidagi ikkita milliy chempionlikni ham hisobga olganda, sportchi endi Yaponiyada 19 ta chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Kanazava bodibildingga taxminan 20 yoshida qiziqish bildirgan. Bir necha yil o‘tib, 24 yoshida ilk milliy chempionligini qo‘lga kiritgan va 27 yoshida yana mamlakatning eng yaxshi sportchisiga aylangan.

Navbatdagi g‘alabasidan so‘ng Kanazava 93 yoshga to‘lguniga qadar musobaqalarda ishtirok etishda davom etishini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing