9 yildan beri o‘rnini bo‘shatmayotgan Stoltenberg yana “taxt”ida qoldi

Olam

image

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergning vakolat muddati yana bir yilga – 2024 yilning oktyabrigacha uzaytirildi. Bu haqda Stoltenbergning o‘zi Twitter sahifasida ma’lum qildi.

“NATO ittifoqchilari mening Bosh kotib sifatidagi vakolatlarimni 2024 yil 1 oktyabrgacha uzaytirishga qaror qilganidan faxrlanaman. Yevropa va Shimoliy Amerika o‘rtasidagi transatlantik aloqa deyarli 75 yil davomida bizning erkinligimiz va xavfsizligimizni ta’minlab kelmoqda va xavfliroq dunyoda ittifoqimiz har qachongidan ham muhimroq”, deb yozgan Stoltenberg.

Stoltenbergning alyans rahbari sifatidagi ehtimoliy merosxo‘rlari deb Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen, Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Ben Uolles, Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches ko‘rilayotgan edi. Ammo NATOga a’zo 31 davlat orasida qo‘llab-quvvatlanmadi.

Norvegiyaning sobiq bosh vaziri bo‘lgan 64 yoshli Stoltenberg 2014 yildan beri NATO Bosh kotibi lavozimida ishlab kelmoqda. Uning muddati allaqachon ikki marta uzaytirilgan. 2022 yilda vakolat muddati tugagan edi, biroq Ukraina inqirozi tufayli u 2023 yil sentyabr oyi oxirigacha o‘z lavozimini saqlab qolgandi.

NATO Bosh kotibiga rasmiy saylovlar o‘tkazilmagan, alyans uni o‘ziga a’zo barcha mamlakatlarning konsensuslari asosida tayinlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Yens Stoltenberg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing