Madaniyat vazirligi tizimida 4 mlrdga yaqin qonunbuzarlik aniqlandi

Jamiyat

image

Madaniyat vazirligi tizimida o‘tkazilgan 15 ta ichki audit va moliyaviy tekshiruvda 3 mlrd so‘mdan ziyod kamomad aniqlandi. Bu haqda bugun, 30 noyabr kuni Madaniyat vazirligi Ichki audit va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi rahbari Komiljon Rahimov “Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq” mavzusidagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Ichki audit va moliyaviy nazorat bo‘limi xodimlari tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida vazirlik tizimlarida jami 15 ta ichki audit tadbirlari o‘tkazilgan.

Unda 3 mlrd 859 mln 396 ming so‘mlik kamomadlar, ortiqcha va asossiz to‘lovlar, moddiy – tovar boyliklarining noto‘g‘ri hisobdan chiqarilishi va boshqa qonun buzarlik holatlari aniqlangan.

Jumladan:

•  O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi –2 mlrd 227 mln 980,9 ming so‘m;
•  “Guliston” jurnali tahririyati – 22 mln 766,9 ming so‘m;
•  “Moziydan sado” jurnali tahririyati – 37 mln 942,6 ming so‘m;
•  “Teatr” jurnali tahririyati – 18 mln 273,9 ming so‘m;
•  Milliy akademik drama teatri – 3 mln 647,6 ming so‘m;
•  Muqumiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri – 38 mln 939,6 ming so‘m;
•  “Axborot va kompyuter texnologiyalari markazi” – 186,0 ming so‘m;
•  Respublika Baxshichilik san’ati markazi – 183 mln 640,7 ming so‘m;
•  Qashqadaryo viloyati Madaniy meros boshqarmasi – 79 mln 463,5 ming so‘m;
•  Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish metodik markazi – 91 mln 172,3 ming so‘m;
•  Toshkent shahar Madaniyat bosh boshqarmasi tasarrufidagi 3-sonli BMSM – 3 mln 856,1 ming so‘m;
•  Toshkent shahar Madaniyat bosh boshqarmasi tasarrufidagi 5-sonli BMSM – 2 mln 983,6,1 ming so‘m;
•  Toshkent shahar Madaniyat bosh boshqarmasi tasarrufidagi 16-sonli BMSM – 20 mln 831,8 ming so‘m;
•  Toshkent shahar Madaniyat bosh boshqarmasi tasarrufidagi 6-sonli BMSM – 646 mln 626,6 ming so‘m;
•  “Binolardan foydalanish va ularni ekspluatatsiya qilish direksiyasi” DUK – 182 mln 982,9 ming so‘m.

O‘tkazilgan ichki audit tadbirlari bo‘yicha tuzilgan ma’lumotnomalar 6 ta holatda huquqiy baho berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya Madaniyat vazirligi mlrd

Baholaganlar

236

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing