9 may kuni Toshkentning ba’zi ko‘chalari avtomobillar uchun berkitiladi
Jamiyat
−
07 may 2019
5721Joriy yilning 9 may kuni Toshkent shahrida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab “Birodarlar qabristoni”da bayram tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu sababdan bayram tadbiri o‘tkaziladigan hududga tutash ba’zi ko‘chalarda transport vositalarining harakati cheklanadi.
“9 may kuni shahrimizdagi Shota Rustaveli, Cho‘pon ota, Bog‘i bo‘ston ko‘chalarining “Birodarlar qabristoni”ga tutash bo‘lgan qismida avtomobillar harakati soat 7:00 dan 10:00 gacha vaqtinchalik cheklanadi”, deyilgan Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati tarqatgan xabarda.
Toshkent shahar hokimligi yuzaga keladigan noqulaylik uchun Poytaxt aholisi va mehmonlaridan uzr so‘ragan.
LiveBarchasi