9 may kuni Belarusda terakt rejalashtirilgani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
10 may 2023 13356 1 daqiqa
Belarus Davlat xavfsizlik qo‘mitasi raisi Ivan Tertel shu yilning 9 may kuni mamlakatda G‘alaba kunini nishonlash arafasida terrorchilik harakatlariga chek qo‘yilganini ma’lum qildi. Bu haqda BELTA xabar berdi.
“Bizning hududimizda teraktlar uyushtirishga urinish holatlari aniqlandi. Va biz bu G‘alaba kuni bilan bog‘liqligiga ishonamiz”, deydi Tertel.
DXQ rahbarining aytishicha, hujumlarga tayyorgarlik ko‘rayotgan 4 kishi qo‘lga olingan. Ulardan ikki nafari ayol, ikki nafari erkak bo‘lib, hammasi 30 yoshdan kichik shaxslar bo‘lgan. Tertel, shuningdek, zudlik bilan Prezident Aleksandr Lukashenko voqea haqida xabardor qilinganini aytib o‘tgan.
“Sputnik Belarus” xabar berishicha, Belarusda 9 may kuni rejalashtirilgan teraktlar uchun portlovchi moddalar Amerikada ishlab chiqarilgan. Nashrda rejalashtirilgan hujumlar ortidagi tashkilot izlari Ukrainaga yetaklashi ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, bu yilgi Moskvada bo‘lib o‘tgan G‘alaba paradiga xorijiy davlat yetakchilaridan yetti nafar MDH davlati vakillari tashrif buyurgandi. Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston prezidentlari – Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Serdar Berdimuhamedov, Sadir Japarov, Imomali Rahmon hamda Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Aleksandr Lukashenko hamda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ishtirok etgan. Lukashenko va Sadir Japarov paraddan keyin bo‘lib o‘tgan kechki ovqat paytida qatnashmagan.
Live
Barchasi