O‘zbekistonda bu yil ilk bor papillomaga qarshi emlash boshlanadi

Salomatlik

image

Butun dunyoda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham bachadon bo‘yni saratoni barcha yoshdagi ayollar o‘rtasida ko‘krak bezi saratonidan keyingi o‘rinda turadigan va eng keng tarqalgan saraton xastaligi hisoblanadi. Bu haqda mutaxassis ginekolog Muhabbat Tursunova Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “O‘zbekistonda papilloma virusiga qarshi yangi vaksinaning tatbiq etilishi: maqsad va kutilayotgan natijalar” mavzuidagi anjumanda aytib o‘tdi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, Odam pappiloma virusi (OPV) bachadon bo‘yni saratonini keltirib chiqaruvchi virus hisoblanadi. Bugungi kunda OPVga qarshi rejali emlash 92 mamlakatda qo‘llanib kelinyapti.

O‘zbekistonda ham OPVga qarshi rejali emlash tizimi yo‘lga qo‘yilyapti. Emlash 9-14 yosh oralig‘idagi qizlarni qamrab oladi. Shu yoshdagilar uchun emlash bepul. AQSHdan 7 mln dollarga vaksina olib kelingan bo‘lib, joriy yil oktyabr oyida 400 ming nafarga yaqin 9 yoshdagi qizlar OPVga qarshi emlanadi. Emlash kelasi yil aprel oyida takroran o‘tkaziladi.

2020 yildan 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar OPVga qarshi emlanadi. 14 yoshdan katta bo‘lgan xotin-qizlar to‘lov evaziga ushbu vaksina bilan emlanishi mumkin. Vaksina 45 yoshgacha bo‘lgan ayollarda qo‘llanilishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, bachadon bo‘yni saratonining oldini olishda OPVga qarshi emlash amaliyoti Avstraliya, Kanada, Daniya, Irlandiya, Shvetsiya, Finlyandiya, Yangi Zelandiya, Shotlandiya, AQSH kabi mamlakatlarda uzoq yillardan beri qo‘llab kelinadi. Shu vaqtgacha emlash o‘z samarasini bergan.

Shu o‘rinda, O‘zbekistonda ham 2010 yildan beri 10 ming kishida bu vaksina tajriba tariqasida sinab ko‘rildi. Natija ijobiy bo‘lgani uchun emlash ommaviy tarzda yo‘lga qo‘yilyapti. 


Maqola muallifi

Teglar

Odam papilloma virusi qizlar

Baholaganlar

64

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing