Farg‘onada erkak mol-mulk talashib, qizlarini kaltakladi (video)
3-sahifa
−
30 Oktabr
12896Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida qizlar amakisi tomonidan kaltaklangani haqida QALAMPIR.UZ'ga murojaat kelib tushgandi. Ushbu voqea viloyatning Uchko‘prik tumanida yashovchi fuqarolar va ularning farzandlari o‘rtasida mol-mulk egaligi masalasida yuzaga kelgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati QALAMPIR.UZ'ga xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 19 oktyabr kuni Uchko‘prik tumani "Farovon" MFYda yashovchi fuqarolar va ularning farzandlari mol-mulk egaligi masalasida o‘zaro janjallashgan.
Videoda erkak ikki qizning yuziga ko‘p marta urib, ularni oyog‘i bilan tepganini ko‘rish mumkin.
Mazkur holat shu kunning o‘zida tuman IIB tomonidan tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.
Yakuniga ko‘ra, huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organiga taqdim qilingan.