Odamlarni Umraga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
13 mart 3843 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida fuqarolarni firibgarlik yo‘li bilan Umra safariga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 11 fevral kuni Yozyovon tumani o‘tkazilgan tadbir davomida 1965 yilda tug‘ilgan “Qoratepa” mahallasida yashovchi shaxs turfirma orqali arizachining 4 nafar yaqinlarini 4100 AQSH dollari evaziga Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan kelishilgan pullardan 500 AQSH dollarini olayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilib, fuqarodan 2400 dollar olgan shaxslar ushlangan edi.
Live
Barchasi