85 yoshli HAMAS asirasi tutqunlikdagi hayoti haqida so‘zlab berdi

Olam

image

HAMAS tomonidan garovga olingan, so‘ngra ozod qilingan 85 yoshli Yoxeved Lifshis “boshidan o‘tganlarni boshqalarga aytib berishni juda istaydi”. Bu haqda uning qizi Sharon Lifshis jurnalistlar bilan uchrashuvda aytib o‘tgan.

Keksa ayolning hikoya qilishicha, u o‘z uyidan o‘g‘irlab ketilgan. Shundan so‘ng, u G‘azodagi yerosti tunnellari “ichida” ushlab turilgan. Uning aytishicha, "jangarilar" ularga yaxshi munosabatda bo‘lgan. Hattoki, dori-darmon ham bergan.

“Yer ostida ulkan tunnellar tarmog‘i bor — u o‘rgimchak to‘riga o‘xshaydi”, deb hikoya qiladi ayol.

Ayol 23 oktyabr kuni kechqurun 79 yoshli Isroil fuqarosi Nurit Kuper bilan birga ozod qilindi, biroq 200 dan isroilliklar asirlikda qolmoqda.

“Ular bizga mehribon munosabatda bo‘lishdi, bizni barcha zarur narsalar bilan ta’minlashdi. Biz ular bilan bir xil taom yedik — pishloq, non va bodring. Bu butun bir kun uchun yegulik edi. Har ikki-uch kunda meni hamda garovdagi boshqalarni shifokor kelib ko‘rdi va dori berib ketdi”, deydi Yoxeved Lifshis.

Lifshis xonimning aytishicha, u va onasi hamon falastinliklar bilan tinchlik o‘rnatishni orzu qiladi. Isroilning G‘azoga quruqlikdan bostirib kirishini mintaqa uchun katta xavf deb baholaydi.

Eslatib o‘tamiz, HAMASning G‘azo sektoridagi vakili Abu Ubayda garovga olingan ikki AQSH fuqarosini ozod etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

HAMAS garovga olingan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing