840 ming koreyalik Prezident impichmentini qo‘llab-quvvatlamoqda 

Olam

image

Koreya Respublikasi parlamenti saytida amaldagi Prezident Yun Sek Yolni o‘z lavozimidan chetlatish talabi bilan petitsiya e’lon qilindi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 20 iyun kuni Koreya Respublikasi parlamenti saytida amaldagi Prezident Yun Sok Yolni o‘z lavozimidan chetlatish talabi bilan petitsiya e’lon qilingan. Prezident Shimoliy Koreya bilan munosabatlar yomonlashgani, iqtisodni susaygani va korrupsiyaning keng tarqalishida ayblanmoqda. 

Manbaga ko‘ra, mamlakatning 840 ming fuqarosi Prezidentning impichmentga chiqishiga ovoz bergan. Ovoz beruvchilar sonining ko‘pligi hatto parlament veb-sayti ishlamay qolishiga olib kelgan.

Janubiy Koreya qonunchiligiga ko‘ra, 50 mingdan ortiq ovoz olgan har qanday petitsiya mamlakat parlament qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak. Murojaatni ko‘rib chiqish sanasi esa hali e’lon qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, 13 iyun kuni Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol rafiqasi Kim Gon Xi bilan birgalikda O‘zbekistonga kelgandi. Tashrif doirasida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida 17 ta hujjat imzolangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident impichment koreyalik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made