82 turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar import bojidan ozod qilindi
Jamiyat
−
23 Oktabr 2021
7181O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan 2024 yil 1 yanvarga qadar import bojxona boji "nol" stavkada qo‘llaniladigan ayrim turdagi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi. U 82 ta tovarga tatbiq etiladi, ular jumlasida:
• kastor yog‘i va uning fraksiyalari;
• asbest;
• natriy gidroksidi (kaustik soda) qattiq shaklda;
• karbidlar, kimyoviy tarkibi aniq yoki noaniq;
• o‘simlik yoki chorvadan olinadigan bo‘yovchi moddalar;
• keramik mahsulotlar, emal yoki oyna ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan shishasimon emallar va glazurlar va shunga o‘xshash preparatlar;
• to‘qimachilik bo‘yog‘i;
• sirti faol organik moddalar (sovundan tashqari); sirti faol vositalar, yuvish vositalari (shu jumladan yordamchi yuvish vositalari) va tarkibida sovun mavjud yoki mavjud bo‘lmagan tozalash vositalari;
• moylash materiallari hamda to‘qimachilik matolari, charm, mo‘yna yoki boshqa materiallarga yog‘ va moy bilan ishlov berish uchun foydalaniladigan vositalar;
• sun’iy mum;
• tayyor yelimlar va boshqa joyda nomlanmagan yoki kiritilmagan boshqa tayyor adgezivlar;
• fermentlar, fermentli preparatlar;
• to‘qimachilik tarmog‘ida qo‘llaniladigan pardozlash vositalari, bo‘yashni tezlashtirish yoki bo‘yoqlarni mustahkamlash vositalari va boshqa mahsulotlar hamda tayyor preparatlar;
• sun’iy mo‘yna;
• yelimlangan fanera, fanera holiga keltirilgan panellar va qatlamli yog‘ochdan shunga o‘xshash materialla;
• filtr qog‘oz va karton;
• apparatda yigirilgan jun kalava ipidan yoki apparatda yigirilgan jonivorlarning ingichka sochidan tayyorlangan gazlamalar;
• zig‘irpoya tolasidan to‘qilgan gazlamalar;
• kompleks sintetik va sun’iy iplardan to‘qilgan gazlamalar;
• kimyoviy iplardan va boshqa to‘qimachilik materiallaridan to‘qilgan to‘rlar.
Avvalroq, ayrim sitrus mevalari va to‘qimachilik mahsulotlari importi bojxona bojidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.