Yelizaveta II ning o‘g‘li koronavirusni yengib o‘tdi
Olam
−
30 mart 2020
5119Avvalroq, Buyuk Britaniya qirollik oilasi vakili, Qirolicha Yelizaveta II ning to‘ng‘ich o‘g‘li shahzoda Charlz koronavirusga chalingani haqida xabar bergan edik. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 71 yoshli shahzoda koronavirusdan davolanib, izolyatsiyadan chiqqan.
Ta’kidlanishicha, shahzoda Charlz o‘zini yaxshi his qilmoqda. Taxtning vorisi istiqomat qiladigan Klarens Xaus qarorgohi vakillari shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng, Uels shahzodasi uchun izolyatsiya rejimini bekor qildi.
Taxminlarga ko‘ra, shahzoda Charlz Monako shahzodasi Albert II dan koronavirusini yuqtirib olgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yilning 11 mart kuni koronavirus kasalligini pandemiya, deb e’lon qildi. Hozirgacha ushbu virus dunyoning 177 mamlakatida aniqlangan. Kasallik dunyo bo‘yicha 739 367 nafar odamda qayd qilingan. Ularning 35 016 nafari vafot etgan, 156 402 nafari esa ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lgan. Hozirda kasallik yuqtirgan 547 949 nafar odam karantinda yoki shifoxonada davolanmoqda. Ularning 519 515 nafari yoki 95 foizi qoniqarli ahvolda, 28 434 nafarining ahvoli og‘ir.
LiveBarchasi