8 oydan buyon Koreyadagi shifoxonada og‘ir ahvolda qolayotgan o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatilmayaptimi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston fuqarosi Abram Oqilov Koreya Respublikasining klinikalaridan birida 8 oydan buyon og‘ir ahvolda yotgani, O‘zbekiston tomonidan unga hech qanday yordam ko‘rsatilmagani haqida xabarlar tarqalgandi. Tashqi ishlar vazirligi mazkur holat bo‘yicha rasmiy bayonot bilan chiqdi. Unda ma’lum qilinishicha, ushbu masala Seul shahridagi O‘zbekiston elchixonasi doimiy nazorati ostida. 

Abram Oqilov O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi orqali 2017 yilning noyabrida Janubiy Koreyaga kelgan va o‘tgan yilning yozida komaga tushib shifoxonaga yotqizilgan bo‘lib, u yerda hozirga qadar malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. 

Davolash tadbirlari doirasida shifoxona tomonidan O‘zbekistondan Oqilovning akasi Azizjon taklif qilingan va unga bemor bilan bir palatada qolish ruxsati berilgan. 

O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi vaqtda huquqni himoya qilish organlari tomonidan Abram Oqilov ishlagan kompaniyaga nisbatan ishchi mehnati muhofazasini ta’minlash qoidalariga rioya qilinganligi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda. 

“Elchixonaning konsullik xodimlari mavjud muammolarni zudlik bilan hal qilish maqsadida vatandoshimiz davolanayotgan joyga bir necha bor tashrif buyurdilar va doimiy aloqada bo‘lib turibdilar”, deyiladi xabarda. 

Ma’lum qilinishicha, Janubiy Koreya huquq-tartibot idoralari tomonidan bemor Oqilovning akasiga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan. Bunga sabab sifatida klinikaning tibbiy xodimlari shikoyati ko‘rsatilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Tashqi ishlar vazirligi Janubiy Koreya O'zbekistonlik Abram Oqilov

Baholaganlar

144

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing