8 oyda hududlardan Toshkentga qancha odam ko‘chib kelgani ochiqlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

2022 yil yanvar-avgust oylarida respublikaning boshqa hududlaridan Toshkent shahriga doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlar soni 33 802 kishini tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Hududlardan Toshkent shahriga ko‘chib kelish, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 572 kishiga kamaygan.

Toshkent shahriga ko‘chib kelganlarning:

•    Erkaklar – 15 967 kishi;

•    Ayollar – 17 835 kishi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, Toshkent shahrining doimiy aholisi soni 2 mln 909,5 ming kishini tashkil qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent aholi

Baholaganlar

503

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing