8 nafar sudya 10 yil muddatga qayta lavozimiga tayinlandi
Jamiyat
−
16 fevral 2022
8126Sudyalar oliy kengashi vakolat muddati tugagan 8 nafar sudyani ushbu lavozimga qayta tayinladi. Ular yana 10 yil sudyalik qilishi mumkin. Bu haqda kengash Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda Kengash vakolatiga oid bir qancha masalalar qatori vakolat muddati yakuniga yetgan sudyalarning ushbu lavozimida bo‘lishning keyingi muddatiga tayinlash masalasi ham muhokama qilingan.
Kengash qarori bilan:
Azamatjon Abdijabborovich G‘apporov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon tuman sudining sudyasi lavozimiga;
Nodirbek Rustamovich Mirzajonov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Andijon viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
Abdusattor Azamatovich Abdurazzoqov – sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga, shundan besh yil muddatga Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Jomboy tuman sudining raisi lavozimiga;
Nosir Sirojidinovich Zaynobiddinov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Andijon viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
Turg‘unali Tursunovich Mirzayev – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Yuqorichirchiq tuman sudining raisi lavozimiga;
Oybek Islomovich Shomurodov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Buxoro viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Timur Abdulazizovich Qosimov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining sudyasi lavozimiga;
Baxtiyor To‘laboyevich Kenjayev – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning o‘tgan davri mobaynidan jami 8 nafar sudya vazifasidan ozod etilgan.
LiveBarchasi