8 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomobil haydovchisida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
01 iyul 2020
5716Bugun, 1 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 44 nafarga ortib, 8671 kishini tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari:
• 14 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida;
• 11 nafari Toshkent shahrida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 9 nafari aholi orasida);
• 8 nafari Sirdaryo viloyatida (barchasi xalqaro yuk tashuvchi avtomobil haydovchisi);
• 2 nafari Buxoro viloyatida (barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida);
• 9 nafari Samarqand viloyatida (barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida) aniqlangan.
Ayni paytda mamlakatda 5737 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog‘aygan.
Hozirda 2908 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi