8 mart munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?
Jamiyat
−
06 mart 12245 1 daqiqa
8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 3 kun, 6 kunlik ish haftasida mehnat qiladiganlar esa 2 kun dam oladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Xotin-qizlar kuni munosabati bilan quyidagi kunlar dam olinadi:
- 7 mart (shanba) – 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni;
- 8 mart (yakshanba) – Xotin-qizlar kuni – barcha uchun dam olish kuni;
- 9 mart (dushanba) – ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chirilgan dam olish kuni.
Live
Barchasi