O‘zbekistonliklar 8 mart va Navro‘z munosabati bilan necha kun dam oladi?
Jamiyat
−
04 mart
23108O‘zbekistonliklar mart oyida nishonlanadigan 8 mart Xotin-qizlar kuni va Navro‘z munosabati bilan 6 kun dam oladi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra:
- 8 mart (shanba) – Xalqaro xotin-qizlar kuni;
- 9 mart (yakshanba) – dam olish kuni;
- 10 mart (dushanba) – 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni.
Navro‘z munosabati bilan:
- 21 mart (juma) – Navro‘z bayrami;
- 22 mart (shanba) – 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni;
- 23 mart (yakshanba) – dam olish kuni.
Ma’lumot uchun, Mehnat kodeksining 208-moddasiga asosan dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.
LiveBarchasi