8 mart kuni avtobuslar ayollar uchun tekin bo‘ladi – Aqtauda
Olam
−
06 mart 2024 6201 1 daqiqa
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Qozog‘istonning Aqtau shahrida ayollar uchun jamoat transportida yurish bepul bo‘ladi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu yilning 4 mart kuni Aqtau shahar hokimligi bu haqda qaror chiqargan.
Aqtau shahar yo‘lovchi transporti va avtomobil yo‘llari bo‘limi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, 1, 2, 3, 4, 4M, 5, 6, 7, 8, 9-yo‘nalishlar bo‘yicha qatnov ayollar uchun bepul bo‘ladi.
“Jamoat transporti muntazam ish jadvaliga muvofiq soat 06:40 dan 21:00 gacha ishlaydi”, deyiladi hokimlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 31 dekabr kuni Toshkentda Yangi yil bayrami munosabati bilan metro xizmati barcha yo‘lovchilar uchun tekin bo‘lgandi.
Live
BarchasiDehqonobod tumaniga sel keldi
23 aprel