8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni: bayram tarixi va an’analari
Bu qiziq
−
06 mart
216178 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni ayollar huquqlari uchun ommaviy norozilik namoyishlari natijasida paydo bo‘lgan va vaqt o‘tishi bilan ko‘plab o‘zgarishlarga uchragan bayramdir. Ba’zi mamlakatlarda bu – ayollarga muhabbat va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirish imkoniyati bo‘lsa, boshqalarida gender tengligi uchun kurash sifatida namoyon bo‘ladi.
Bayram tarixi
Iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tengsizlikka qarshi ayollarning birinchi norozilik namoyishlaridan biri 1857 yil mart oyida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan "Bo‘sh qozonlar marshi" edi. O‘shanda to‘qimachilik va poyabzal fabrikalari ishchilari 16 soatlik ish kuni va adolatsiz ish haqiga qarshi chiqqan. 1908 yilda ayollar yana mitingga chiqib, saylov huquqi va munosib mehnat sharoitlarini talab qiladi.
Birinchi Milliy Xotin-qizlar kuni AQSHda 1909 yil 28 fevralda bo‘lib o‘tdi. O‘shanda Amerika Sotsialistik partiyasi ayollarning saylov huquqlari uchun kampaniya doirasida ommaviy mitinglar uyushtirgan.
"28 fevral. Tashkilotchilar bayram yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishini xohladi: dam olish kuni mitinglarda ko‘proq ayollar ishtirok etdi", deb tushuntiradi tarixchi Asya Polyakova.
1910 yilda Kopengagenda bo‘lib o‘tgan Xalqaro sotsialistik kongressda kommunist Klara Setkin ayollarga teng ovoz berish huquqi uchun kurash kunini nishonlashni taklif qildi. Bir yil o‘tgach, Germaniya, Shveysariya, Daniya va Avstriyada ayollar kuni nishonlandi.
“Lyuksemburgni unutmasligimiz kerak. Sotsialistik Internatsional kongressida aytilgan asl g‘oya bu kunni ijtimoiy va siyosiy huquqlar uchun kurash kuni deb e’lon qildi", deydi Polyakova.
Rossiya imperiyasida ayollar kuni 1917 yil 23 fevralda eski uslubga ko‘ra boshlanadi (yangi uslub – 8 mart). Shu kuni Petrograddagi ayol ishchilar tinchlik, non va yaqinlarining frontdan qaytishini talab qilib ko‘chalarga chiqqan.
“Bu ommaviy namoyish edi. Aslida, bu Birinchi jahon urushi boshlanganidan keyin har yili mitinglarga chiqqan ayollar yurishlarining bir qismi bo‘lsa, bizning mamlakatda bunday ish tashlash inqilobga olib kelgan muhim voqealardan biri edi”, deydi rossiyalik tarixchi.
8 mart sanasi rasmiy ravishda faqat 1921 yilda tashkil etilgan va keyin u Xalqaro xotin-qizlar kuni deb nomlangan. 1965 yilda SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining farmoniga ko‘ra, 8 mart kunini nishonlash rasman qonun bilan mustahkamlangan. Sovet Ittifoqida u allaqachon feministik e’tiborni yo‘qotib, bahor va barcha ayollarga hurmat kuniga aylangan. 1970 yillarning o‘rtalarigacha bu bayram asosan sotsialistik mamlakatlarda nishonlanib kelgan.
1975 yilda bayram BMT tomonidan Xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida tan olingan. Bu Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ayollar o‘n yilligi (1976-1985) arafasida sodir bo‘ldi.
Turli mamlakatlarda 8 mart qanday nishonlanadi?
Postsovet hududi
Ko‘pgina postsovet mamlakatlarida 8 mart rasmiy dam olish kuni hisoblanadi. Rossiyada va boshqa ko‘plab mamlakatlarda ushbu kunda barcha ayollar vakillariga hurmat bajo keltirish, ularga minnatdorlik bildirish va oila bilan vaqt o‘tkazish odat tusiga kirgan. Bayramning majburiy atributi gullardir.
Xitoy
Xitoyda "ayol" so‘zi 35 yoshdan oshgan ayol bilan bog‘liq – yosh qizlar uchun 7 mart kuni nishonlanadigan alohida bayram mavjud. "Samoviy imperiya"da Xalqaro xotin-qizlar kuni onalar va buvilar tabriklanadi va u oila davrasida nishonlanadi.
Yaponiya
Yaponiyada 8 mart kuni rasmiy bayram yo‘q, ammo butun mart oyi ayollar oyi hisoblanadi. Yaponiyada ayollarning asosiy bayrami 3 mart – Shaftoli guli kuni yoki qo‘g‘irchoqlar festivalidir.
Italiya
Italiyada Xalqaro xotin-qizlar kuni taqvimda belgilangan, ammo rasmiy bayram emas. Ko‘p odamlar buni shunchaki nishonlamaydi, lekin mahalliy feministik guruhlar mitinglarga chiqadi. Italiyada 8 martning ramzi mimoza guli bo‘lib, u ayollarga hurmat belgisi sanaladi.
Fransiya
Fransiyada bu bayram deyarli o‘zining asl ma’nosini saqlab qoldi: 8 mart kuni feministlar o‘z huquqlarining buzilishi holatlarini e’lon qiladi va gender tengligi uchun kurashadi.
Germaniya
Klara Setkinning vatanida 8 mart ham nishonlanmaydi – Germaniyada bu bayram faqat sotsialistik o‘tmishni eslatadi, deb ishoniladi. Ilgari Sharqiy Germaniyada nemislar ayollarini tabriklagan bo‘lishsa, mamlakat birlashgandan keyin bu bayram deyarli unutildi.
Kuba
Kubada 8 mart keng miqyosda nishonlanadi – shu kuni mamlakatda ayollar ulug‘lanadigan ko‘plab tadbirlar o‘tkaziladi.
Madina Otaboyeva
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr