Google O‘zbekistonni bayram bilan tabrikladi

Jamiyat

image

Ommaviy qidiruv tizimi Google O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi munosabati bilan sahifaning kirish qismida aks etadigan tizim logotipiga O‘zbekiston bayrog‘ining suratini qo‘shib qo‘ydi. 

O‘zbekiston bayrog‘i tizimning bosh sahifasida gif kabi hilpirab turadi. Uning ustida esa “O‘zbekiston Mustaqillik kuni” yozuvi paydo bo‘ladi. Sahifaning ichida esa mamlakat mustaqilligi haqida asosiy ma’lumotlar va bayram bilan 3 tilda tabrik suratlari joylashtirilgan. 

Ma’lumot uchun, Google bir necha yildan buyon turli xalqaro yoki mamlakat miqyosida ahamiyatga ega bo‘lgan, shuningdek, keng ommalashgan bayramlarda o‘z logotipini “bezaydi”. Xususan, Navro‘z bayramida ham uning asosiy sahifasida qushlar va gullar o‘z aksini topgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston tabrik mustaqillik Google bayram

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing