8 mamlakatdagi saylov uchastkalarida ovoz berish yakunlandi – MSK mulozimi
Jamiyat
−
22 dekabr 2019
3235O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Mahmud Istamov mamlakatning 8 ta xorijiy mamlakatdagi vakolatxonalarida tashkil etilgan saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari yakunlanganini ma’lum qildi.
“Hozirga qadar ovoz berish jarayonlari O‘zbekiston Respublikasining Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Malayziya, Singapur, Indoneziya, Tailand va Hindistondagi, shuningdek Rossiya Federatsiyasining shimolidagi vakolatxonalari huzurida tashkil etilgan saylov uchastkalarida yakunlandi. Ushbu saylov uchastkalarida ovoz berish natijalarini aniqlash, byulletenlarni sanash jarayonlari boshlangan.
Boshqa xorijiy mamlakatlarda tuzilgan saylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni davom etmoqda”.
Ma’lumot o‘rnida, xorijiy davlatlardagi saylov uchastkalarida 1 697 647 nafar saylovchilar ro‘yxatga olingan.
LiveBarchasi