8 hududda koronavirusga chalinganlar ko‘paydi
Jamiyat
−
06 Oktabr 2020
4948Bugun, 6 oktyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 119 nafarga oshib 59 197 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 60 nafari Toshkent shahrida,
• 15 nafari Jizzax viloyatida,
• 13 nafari Andijon viloyatida,
• 10 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
• 6 nafari Surxondaryo viloyatida,
• 5 nafardan Qashqadaryo, Navoiy va Farg‘ona viloyatlarida aniqlangan.
Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda O‘zbekistonda 55 751 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 2 959 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi