8 hududda 100 dan ortiq odam koronavirusga chalindi
Jamiyat
−
09 Oktabr 2020
3764Bugun, 9 oktyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 111 nafarga oshib, 60 233 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 54 nafari Toshkent shahrida,
• 15 nafari Jizzax viloyatida,
• 12 nafari Qashqadaryo viloyatida,
• 10 nafari Farg‘ona viloyatida,
• 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
• 5 nafari Namangan viloyatida,
• 5 nafari Surxondaryo viloyatida,
• 2 nafari Toshkent viloyatida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda O‘zbekistonda 56 976 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 2 760 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi