+78. Toshkent va Namanganda aholi orasida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 6 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 78 nafarga oshib, 10362 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 33 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 29 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 16 nafari Namangan viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari aholi orasida, 2 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida) aniqlangan.

Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 62 nafar, Jizzax viloyatida 22 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8 nafar, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida 7 nafar, jami 106 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib O‘zbekistonda 6628 (+106) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (64 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3697 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

234

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing