76-o‘lim. Toshkentlik 48 yoshli bemor koronavirusning navbatdagi qurboni bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusdan navbatdagi o‘lim qayd etildi. Bu bugungi birinchi, epidemiya boshidan beri 76-o‘lim. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yunusobod tumanida yashagan 48 yoshli fuqaro T.Yo. (erkak) tana haroratining ko‘tarilishi sababli namuna topshirgan. Joriy yil 29 iyun kuni unda COVID-19 aniqlangan va yo‘tal, hansirash belgilari kuchayganligi sababli Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Unga miokard infarkti, "COVID-19" infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘ng o‘pka spontan pnevmotoraksi, nafas yetishmovchiligi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.  

Tekshiruvlar bemorda avvaldan bronxial astma kasalligi mavjud bo‘lganini ko‘rsatgan. Mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

So‘nggi kunlarda shifokorlar tomonidan standartlar asosida amalga oshirilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor o‘tkir miokard infarkti, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

188

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing