70 yashar otaxon YTHga sababchi bo‘lib, shifoxonaga tushdi

Jamiyat

−

image

Poytaxt Toshkentda 70 yashar otaxon YTHga sababchi bo‘lib, shifoxonaga tushdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda. 

Voqea kecha, 21 noyabr kuni soat 12:30 da Mirobod tumani Shahrisabz va Istiqlol ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan. 

70 yoshli Rofi P. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomobil 24 yoshli Jamoliddin M. boshqarib borgan Lacetti-2 avtomobili bilan to‘qnashgan.

YTHning taxminiy sababi: Spark avtomobili haydovchisi asosiy yo‘ldan harakatlanib borgan Lacetti-2 haydovchisiga yo‘l bermagan.    

YTH natijasida Spark avtomobili haydovchisi tan jarohatlari olib, tibbiy muassasaga yetkazilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

80

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing