7 ta davlat BMTda ovoz berish huquqidan mahrum qilindi

Olam

image

Yettita davlat Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasida ovoz berish huquqidan mahrum qilindi. Bunga ushbu davlatlarning tashkilot byudjetiga tegishli to‘lovni amalga oshirmagani sabab bo‘ldi. Bu haqda BMT rasmiy saytida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, Venesuela, Livan, Markaziy Afrika Respublikasi, Gambiya, Lesoto, Yaman va Tonga ovoz birishdan mahrum bo‘lgan. Bunday qarorga ushbu davlatlarning xalqaro tashkilotga oxirgi 2 yil ichida badal to‘lamayotgani sabab bo‘lgan.

BMTdagi ovoz huquqidan mahrum qilish tashkilot nizomining 19-moddasida belgilangan. 

Komor orollari, San-Tome va Prinsipe hamda Somali badal bo‘yicha qarzga ega bo‘lsa-da, ularga sentyabrgacha tashkilot faoliyatida to‘laqonli ishtirok etishga ruxsat berilgan. 4 ta qarzdor davlat – Armaniston, Hindiston, Ukraina va Portugaliya yanvar boshida badalni to‘lab bergan. 

2019 yilda BMTga a’zo 193 ta davlatdan 146 tasida qarz yo‘qligini ma’lum qilgan. 47 ta davlat qarzdorlikni yopmagan. AQSHning BMT oldidagi qarzi 491 mln dollarni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT

Baholaganlar

158

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing