7 hududda 276 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
21 iyul 2020
14293Bugun, 21 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 276 nafarga oshib, 17 590 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlari:
82 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;
57 nafari Andijon viloyatida;
42 nafari Namangan viloyatida;
36 nafari Sirdaryo viloyatida;
29 nafari Jizzax viloyatida;
23 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
7 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 9 463 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 8 035 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 76 nafari og‘ir, 28 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi