+63. O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 3700 nafarga yetdi
Jamiyat
−
12 iyun 2020 6034 1 daqiqa
Toshkent shahrida 63 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 12 iyun kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
"Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 9 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 50 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 4 nafar, jami 63 nafar bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi", deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 7 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 55 yoshda, yoshi kichigi 2016 yil tug‘ilgan.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida tuzalganlarning 48 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 46 yoshda, yoshi kichigi 2017 yil tug‘ilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent shahridan 46 nafar, Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyatlaridan 2 nafardan.
Shuningdek, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 3 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 38 yoshda, kichigi 5 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Surxondaryo viloyatidan 2 nafar, Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatidan 1 nafardan
Ma’lumot uchun, endilikda Toshkent shahridan koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1733 nafarga yetdi. Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar soni 3700 nafarga yetdi.
Live
Barchasi