61 yoshli erkakning behayo suratlarini tarqatmaslik uchun 2 mln so‘ragan “Feruza” ushlandi

3-sahifa

image

Namanganda 61 yoshli fuqaroning behayo suratlarini tarqatmaslik uchun pul talab qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Tergov departamenti ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, 61 yoshli fuqaro Sh.Z. Namangan shahri bo‘yicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qilgan. Uunda joriy yilning 19 may kuni “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i orqali “Feruza Qo‘chqorova” nomli profil egasi bilan tanishib qolib, bir-birlariga o‘zaro SMS xabarlar va behayo tushgan suratlarini yuborganliklarini, so‘ng “Feruza Qo‘chqorova” uning suratlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib yubormasligi evaziga 2 million so‘m pullarni talab qilayotganligini ma’lum qilgan.

22 may kuni soat 14:00 larda Namangan shahri Chorsu mahallasida “Kudratilla” ismli shaxs Sh.Z.dan kimyoviy ishlov berilgan 2 million so‘m pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olayotgan vaqtida JQB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Tezkor tadbir davomida, “Feruza Qo‘chqorova” nomli profil egasi aslida 47 yoshli fuqaro A.K.ning o‘zi ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan
5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

surat shantaj

Baholaganlar

434

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing