60 yil ichida Osiyo iqtisodi bunday holatga kelmagan edi – XVJ

Olam

image

2020 yil Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy o‘sishi koronavirus pandemiyasining yangi turi tufayli to‘xtaydi. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) bayonotiga tayanib, “Reuters” xabar bermoqda

Koronavirus keltirib chiqargan inqiroz xizmat ko‘rsatish sohasiga va Osiyodan mahsulotlarni eksport qilishning asosiy yo‘nalishlariga “misli ko‘rilmagan darajada zarar yetkazmoqda”, deyiladi xabarda. Ta’kidlanishicha, bunday dinamika Osiyo mintaqasiga 60 yil ichida birinchi marta nol iqtisodiy o‘sish bilan tahdid qilmoqda.

Shu bilan birga, XVJ ekspertlari Osiyo iqtisodiyoti kelgusi yilda koronavirusni muvaffaqiyatli jilovlash sharti bilan 7,6 foizga o‘sishi mumkinligini prognoz qildi.

Ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, Osiyo qit’asining sharqiy va janubi-sharqiy mintaqasida joylashgan davlatlar, eng avvalo, iqtisodiy bo‘hronga “o‘z ko‘ksilarini” tutib beradi. Ammo o‘sha mamlakatlardagi iqtisodiy fundamentning mustahamligi bois, qolaversa, pandemiyaga qarshi o‘z vaqtida amalga oshirilgan ishlar tufayli saqlanib qolgan zaxira, bu borada muvaffaqiyat keltirishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo

Baholaganlar

91

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing