60 yoshdan oshganlar koronavirus yuqtirmaslik uchun nimalarga amal qilishi lozim?

Foydali

image
Koronavirus poyabzal orqali uyga kiradi degan gap qanchalik asosli? north_east

Koronavirus poyabzal orqali uyga kiradi degan gap qanchalik asosli?

BMT koronavirusga qarshi global fond yaratadi north_east

BMT koronavirusga qarshi global fond yaratadi

Rossiya Federatsiyasning Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish federal xizmati 60 yoshdan oshganlarga koronavirus yuqishining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berdi, chunki ular “xavf ostida”. 

Ta’kidlanganishicha, virus yaqin aloqalar orqali yuqadi, shuning uchun mutaxassislar tavsiya qiladi:

•  jamoat joylariga borishni cheklash;

•  jamoat transportidan kamroq foydalanish;

•  do‘konlar va savdo markazlariga, banklarga tashriflarni qisqartirish;

•  qo‘lingizni tez-tez sovun bilan yuving. Buni ko‘chadan, jamoat joylaridan qaytganingizdan keyin, ovqat pishirishdan oldin qilish kerak;

•  yuvilmagan qo‘llar bilan yuzingizga, og‘zingizga, buruningizga va ko‘zingizga tegmang;

•  nam salfetkalar bilan sumkalar, telefonlar, va boshqa narsalarni artib oling;

•  yaqinda chet eldan qaytib kelgan qarindoshlar bilan aloqalarni cheklash;

•  agar o‘zingizni yomon his qilsangiz, klinikaga bormang, uyda shifokorni chaqiring.

Ma’lumot uchun, hozirgacha dunyoda 343 421 kishi koronavirus yuqtirib olgan, 14 790 kishi vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 46 nafarga yetdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

karantin koronavirus

Baholaganlar

112

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing