60 ming ishsiz mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishi kutilmoqda

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har bir hududda kamida bittadan “Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi” bo‘yicha nodavlat kasb-hunarga o‘qitish muassasalari o‘rtasida ochiq tanlov o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Kambag‘al va ishsiz aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorda aytilgan.

Qaror bilan “Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi” tanlovi g‘oliblarining loyihalarini rag‘batlantirish uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan 2020 yil uchun ajratiladigan mablag‘larga qo‘shimcha ravishda 50 milliard so‘m mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.

Bu muhim tadbirlarni amalga oshirish natijasida har yili 60 ming nafarga yaqin ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga bepul o‘qitish imkoniyati yuzaga keladi, 25 mingdan ziyod nogironligi bor shaxslarning bandligi ta’minlanadi.

Respublika ishchi guruhi davlat va nodavlat kasb-hunarga o‘qitish muassasalari samarali faoliyat yuritishini hamda sifatli va xalqaro standartlarga javob beradigan kasb-hunarga o‘qitish tizimi joriy etilishini tashkillashtiradi, shuningdek ushbu maqsadda ajratilayotgan mablag‘larning manzilli sarflanishini ta’minlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident qarori ishsizlik

Baholaganlar

83

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing