6 yashar qizni zo‘rlagan erkakka hukm o‘qildi
3-sahifa
−
15 fevral
17950Bugun, 15 fevral kuni 2017 yilda tug‘ilgan qizni zo‘rlagan erkakka nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi Toshkent shahridagi Chilonzor tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudida ko‘rib chiqildi. Bu haqda sud majlisida qatnashgan Bolalar ombudsmani ma’lum qildi.
Jinoyat kodeksining 119-moddasi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismi yuzasidan yopiq tarzda o‘tkazilgan sud protsessida mazkur og‘ir jinoyat har tomonlama, xolisona o‘rgangan ravishda, ishdagi dalillardan va ish uchun ahamiyatli boshqa holatlardan kelib chiqib, hukm chiqarilgan. Sudlanuvchi aybli deb topilgan va unga amaldagi qonun doirasidagi qat’iy jazo chorasi – 16 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlangan. Sudlanuvchi jazoni qattiq tartibdagi koloniyalarda o‘tashi belgilangan.
“E’tiborlisi, bunday toifadagi jinoyatlar uchun javobgarlikning yangi tartibiga binoan, mazkur hukm qonuniy kuchga kirganidan so‘ng mahkumga nisbatan jazoni yumshatish hech bir chorasi qo‘llanilmaydi va u jazoni to‘liq o‘taydi”, deydi Bolalar ombudsmani.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida tarbiyalanuvchi qizlarga tegajog‘lik qilgan bog‘cha mudirasining o‘g‘liga nisbatan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangandi.
LiveBarchasi